“Moliya va kredit” fani bo’yicha talabalar olimpiadasining institut bosqichi bo’lib o’tdi
2019-yil 19-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 314-sonli buyrugʻi hamda institut rektorining 2019-yil 11-apreldagi 312-son buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadidaToshkent moliya instituti Moliya fakultetining 315-auditoriyasida institutning “Moliya” kafedrasi koordinatorligida “Moliya va kredit” fani boʻyicha talabalar olimpiadasining I bosqichi boʻlib oʻtdi.
Fan olimpiadasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrugʻining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi toʻgʻrisidagi Nizom” talablariga qat’iy rioya qilgan holda, “Moliya” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor T.S. Malikov raisligida tashkil etilgan komissiya huzurida oʻtkazildi.
Fan olimpiadasida 21 nafar talaba ishtirok etdi, ularning “Moliya va kredit” fani doirasidagi bilimlari, mantiqiy va ilmiy fikrlash darajasi, mushohada etishi, moliya-kredit sohasiga oid masalalar, muammoli vaziyatlar yechimini aniqlashdagi bilim va mahoratlari sinovdan oʻtkazildi. Eng iqtidorli talabalar yuqori oʻrinlarga sazovor boʻldilar.